Eigo! podkasti – ingliz tilini o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi milliy podkast.

“Podkast” so‘zi Apple kompaniyasining mashhur pleyeri “iPod” va inglizcha “broadcast” so‘zlarining qorishmasi bo‘lib, radio-ko‘rsatuv shaklida yozilgan audio yoki video yozuvdir.
“Eigo!” podkasti - ingliz tilini mustaqil o‘rganishni istaganlar uchun mo‘ljallangan audio kurs bo‘lib, podkast epizodlarida muallif tomonidan eng faol va dolzarb mavzular bo'yicha asosiy so‘z boyligini muhokama qilinishi bilan birgalikda grammatik mavzular o'zbek tilida yengil tarzda tushuntirilib boriladi. Kurs boshlang‘ich grammatikani o‘rganish, shuningdek yangi so‘z va iboralarni to‘g‘ri qo‘llay bilish va ingliz tilidagi nutqni yaxshiroq qabul qilishga ko‘maklashadi. Podkastni istalgan payt istalgan joyda tinglash imkoniyati esa o‘quv jarayonini yanada osonlashtiradi. Ushbu metodikaning asosiy tamoyilini tayyor nutq namunalari (shablonlar) tashkil qilib, u o‘z navbatida o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish zaruriyatini kamaytiradi, nutqning sifati va o‘zaro tushunish tezligini oshiradi.

Muallif

Murod Normo‘minov

Telefon

+99890 743 65 56

Email

hello@murodbek.uz


Podkast telegram kanali  Barcha epizodlar ro‘yhati